Elizar - samarali va xavfsiz vosita
Oila bardamligi haqida qayg'iruvchilar uchun samarali va xavfsiz vosita.
Elizar kislorodli oqartirgich-dog'ketkazgich kelib chiqishi organik bo'lgan har qanday ifloslanishlarni: yog' dog'lar va qon, ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari, giyohlar va qatronlarning dog'larini, hamda yod va yashil surtma dog'larini ham oson ketkazadi. Oq va rangli matolar uchun xavfsiz. Yumshoq mebel qoplamasi, gilamlar, plastik, bo'yalgan yuzalar, zanglamaydigan po'lat, kafellar, shisha, fayans, shisha keramika, rezina, silikondan ifloslanishlarni samarali olib tashlaydi.
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
Oq va rangli matolardan dog'larni ketkazish. Oqartirish.
Issiq suvga (70-90°S) suvning har bir litriga 0,5-1 o'lchov qoshiqchasi hisobidan Elizar va 1-2 o'lchov qoshiq kir yuvish uchun istalgan vositadan (butun hajmga) qo'shing. Buyumlarni 15-30 daqiqaga eritmaga ivitib qo'ying. Eski ifloslanishda (yoki sarg'ayishda) buyumlarni suv butkul sovigunicha qoldiring. So'ngra o'zingizni odatiy kir yuvish vositasi bilan kir yuvish mashinasida yuving. Rangli va oq kiyimlarni birgalikda ivitmang. Granulalarni mato ustidan sochmang.
Yuzalardan, yumshoq mebel qoplamasi va gilamlardan ifloslanishlarni olib tashlash.
Vositani issiq suvning (90°S) katta bo'lmagan miqdori bilan aralashtiring. Granulalar erishini kutmasdan, eritmani ifloslanishga (granulalarni qamrab olgan holda gubka bilan) surting va 30-60 daqiqaga qoldiring. Qo'lqoplardan foydalaning. Granulalarning qoldiqlarini nam mato yoki changyutgich yordamida olib tashlang.
Oshxona anjomlarini tozalash.
Maksimal issiq suvga (90°S) suvning har bir litriga 0,5-1 o'lchov qoshiqchasi hisobidan Yelizar va 1 o'lchov qoshiq idish-tovoq yuvish uchun vositadan (butun hajmga) qo'shing. Buyumlarni eritmada 15-30 daqiqa yoki suv butkul sovigunicha iviting. Suv bilan yaxshilab yuvib oling.
Qo'llash mumkin bo'lmagan halatlar
Jun, shoyi, par va pat, teri, zamsh, nubuk, membran matolardan buyumlar uchun, metall detallar (molniyalar, tugmalar) va payetkalarga ega bo'lgan buyumlar uchun; yog'och, mis, aluminiy va ushbu metallarning saqlovchi quymalardan buyumlar uchun, laklangan yuzalar uchun vositaning qo'llanilishi. Xlor saqlovchi vositalar bilan aralashtirish.
MUHIM !
Qo'llashdan avval matoning rang turg'unligini ko'z ilg'amaydigan joyda sinab ko'ring. Maksimal natijaga erishish uchun, vositani issiq suvda (kamida 90°C) faollashtiring, keyingi yuvish va ivitishni mato markirovkasiga muvofiq keluvchi suv haroratida o'tkazing.